Mansur Ravshanov vafot etdi

    Tashvishli xabar 11 Aprel 2025 712

    Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Mansur Ravshanov 88 yoshida vafot etdi.

    Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.

    U “Alpomish”, “Boy ila xizmatchi”, “Maysaraning ishi”, “Jononga bordim bir kecha”, “Alisher Navoiy”, “Parvona”, “Nurxon”, “Ajab savdolar”, “Kelinlar qoʻzgʻoloni”, “Oʻz arizasiga koʻra”, “Makr va muhabbat”, “Momo yer”, “Oq kema”, “Kelin va kuyov”, “Amir Temur va Yildirim Boyazid”, “Alpomishning qaytishi” kabi spektakllarni sahnalashtirgan.

    Mansur Ravshanov Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrida avval aktyor, keyinchalik rejissyor, bosh rejissyor boʻlib ishlagan. Surxondaryo viloyat qoʻgʻirchoq teatrining vujudga kelishiga katta hissa qoʻshgan.

    “Yuz.uz” jamoasi Mansur Ravshanovning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.