“Oʻzbekkino” Milliy agentligi, Ozarbayjon Madaniyat markazi bilan hamkorlikda “First art media” studiyasi tomonidan “Maqsud Shayxzoda: Erkka intilgan shoir” hujjatli filmi suratga olinadi.
Mazkur film yetuk adib Maqsud Shayxzoda hayoti va ijodiga bagʻishlangan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil Adiblar xiyoboniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari yuzasidan tasvirga olinmoqda. Mazkur kinokartina “Xalq yuragi” nomi ostida suratga olinayotgan turkum filmlardan biri.
Ssenariy muallifi va rejissyor Nurillo Narzullayev, operator Muzaffar Yusupov, kartina direktori Shuhrat Hamidullayev, prodyuser Tohirbek Qoʻchqorov.
“Maqsud Shayxzoda: Erkka intilgan shoir” hujjatli filmida badiiy sahnalar ham boʻlib, oʻzbek va orarbayjon aktyorlari ishtirok etadi. Film voqealarining koʻp qismi Ozarbayjon Respublikasida suratga olinishi rejalashtirilgan.
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati