Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarda faollik koʻrsatib, oʻzining bilim va iqtidori, intiluvchanligi va tashabbuskorligi, halol va samarali mehnati bilan Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, yangi Oʻzbekistonni barpo etish va uning xalqaro nufuzini oshirishga munosib hissa qoʻshib kelayotgan, yuksak maʼnaviyatli, mustaqil fikrlaydigan, qatʼiy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va yuqori salohiyatga ega, xalq manfaati va yurt istiqboli uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishga qodir boʻlgan fidoyi va mard oʻgʻlonlarimizni munosib ragʻbatlantirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika boʻyicha komissiyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli yigitlarini fan, taʼlim, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, sanʼat, sport, ishlab chiqarish, harbiy xizmat sohalari va huquqni muhofaza qilish organlaridagi faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi takliflari ilovadagi roʻyxatga muvofiq maʼqullansin.
“Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti boʻyicha koʻzda tutilgan 28 ta mukofot oʻrniga 2021-yil uchun istisno tariqasida 29 ta mukofot berilishi belgilansin.
2. “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga sovrindorlik diplomlari va koʻkrak nishonlari tantanali vaziyatda topshirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti sohiblarining ibratli faoliyati, ularning noyob isteʼdodi va erishgan yutuqlarini keng yoritib borish tavsiya etilsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV
Toshkent shahri,
2021-yil 28-iyun
* * *
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2021-yil 28-iyundagi PQ–5164-son qaroriga
ilova
“Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar
ROʻYXATI
|
Madraimov Rustamjon Matkarimovich |
- |
Toshkent davlat agrar universiteti |
|
Nurniyazov Arman Arzubay uli |
- |
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialining 4-bosqich talabasi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) |
|
Bektashev Islomjon Baxtiyor oʻgʻli |
- |
Andijon davlat tibbiyot institutining 6-bosqich talabasi (Andijon viloyati) |
|
Olimov Xayrullo Xolmirzayevich |
- |
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy qism guruh mutaxassisi (Andijon viloyati) |
|
Jumayev Jahongir Uktam oʻgʻli |
- |
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasining guruh katta mutaxassisi (Buxoro viloyati) |
|
Raxmatov Anvarbek Zufarjonovich |
- |
Qorakoʻl tumanidagi xalqaro matematika maktabining 9-sinf oʻquvchisi (Buxoro viloyati) |
|
Safarov Qodiri Qoplonbek Abdujalil oʻgʻli |
- |
Jizzax politexnika institutining 2-bosqich talabasi (Jizzax viloyati) |
|
Turdiqulov Hamidulla Alisher oʻgʻli |
- |
R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining 2-bosqich oʻquvchisi (Jizzax viloyati) |
|
Abdurashidov Bobur Kamolovich |
- |
Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik- muhandislik bilim yurtining 4-bosqich kursanti (Qashqadaryo viloyati) |
|
Karomatov Davurxon Fozil oʻgʻli |
- |
Qarshi davlat universitetining 4-bosqich talabasi (Qashqadaryo viloyati) |
|
Petrov Login Aleksandrovich |
- |
Navoiy shahridagi 13-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi (Navoiy viloyati) |
|
Sharopov Shohrux Shavkatovich |
- |
Karmana tumanidagi “Karmana Al-Aziz Avitsenna” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi (Navoiy viloyati) |
|
Asilbekov Islom Egamberdi oʻgʻli |
- |
Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining 3-bosqich talabasi (Namangan viloyati) |
|
Umurzakov Bekzod Nemat oʻgʻli |
- |
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Uchqoʻrgʻon tumani qoʻriqlash boʻlimi safdor-xodimi (Namangan viloyati) |
|
Abdullayev Abduraxmon Feruzovich |
- |
Samarqand shahridagi 17-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi (Samarqand viloyati) |
|
Oripov Shaxzod Ilxom oʻgʻli |
- |
Samarqand viloyati Urgut tumani favqulodda vaziyatlar boʻlimining yongʻin-qutqaruv qismi smena boshligʻi |
|
Faxriyev Jahongir Alisherovich |
- |
Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 5-bosqich talabasi (Samarqand viloyati) |
|
Karimov Dilshod Mashrab oʻgʻli |
- |
Oqoltin tumanidagi 7-bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari (Sirdaryo viloyati) |
|
Mavlonov Yorbek Abduvait oʻgʻli |
- |
Sirdaryo viloyati “New Level Shoes” oilaviy korxonasi rahbari |
|
Ayubjonov Asadbek Oʻlmasovich |
- |
V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining 8-sinf oʻquvchisi (Surxondaryo viloyati) |
|
Murodulloyev Maʼrufjon Fayzullo oʻgʻli |
- |
Oʻzbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi aʼzosi (Surxondaryo viloyati) |
|
Avazov Sardorjon Erkin oʻgʻli |
- |
Toshkent davlat agrar universitetining qishloq xoʻjaligi fitopatologiyasi kafedrasi professori (Toshkent viloyati) |
|
Umaraliyev Fazliddin Faxritdin oʻgʻli |
- |
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining 4-bosqich talabasi (Toshkent viloyati) |
|
Karimov Davlatjon Shermaxomot oʻgʻli |
- |
Erkin Vohidov nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi (Fargʻona viloyati) |
|
Haydarov Temurbek Tohirjon oʻgʻli |
- |
Fargʻona davlat universitetining 2-bosqich talabasi (Fargʻona viloyati) |
|
Jumaniyazov Aminzoda Gʻayratovich |
- |
Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri yetakchi opera solisti (Xorazm viloyati) |
|
Koʻpalbayev Azamat Gʻayrat oʻgʻli |
- |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari xodimi (Xorazm viloyati) |
|
Abdukayumov Firdavs Zoxidovich |
- |
Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi (Toshkent shahri) |
|
Anvarov Fazliddin Ubaydulla oʻgʻli |
- |
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining 1-bosqich talabasi (Toshkent shahri) |
--0--