Yangi oʻquv yilining ilk kunida Xorazm viloyatining Bogʻot tumanidagi 37-son maktabida davlatimiz sarhadlarini himoya qilish chogʻida mardlarcha halok boʻlgan katta serjant Azamat Umarov xotirasini abadiylashtirish maqsadida oʻrnatilgan yodgorlikning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. 

Unda ishtirok etganlar yurt himoyasi yoʻlida oʻz jonini qurbon qilgan Vatanning sodiq va mard farzandi haqidagi iliq xotiralarni yana bir bor esga oldilar.

Azamat Umarov byusti Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Xorazm viloyat boʻlimi aʼzosi, haykaltarosh  Shavkat Usmonov tomonidan yasaldi.