Endi bu yerda yiliga 300 tonnaga yaqin quruq pilla qayta ishlanib, 70 tonnaga yaqin ipak tolasi va ipak momigʻi tayyorlanadi. Xitoydan 420 ming dollarlik zamonaviy ip yigirish dastgohlari olib kelinib, oʻrnatishi natijasida tayyor ipakli mahsulotlar – ipak matolar ishlab chiqarish keng yoʻlga qoʻyildi. Joriy yilning yakuniga qadar korxona tomonidan qiymati 2,3 mln. dollardan ziyod mahsulotlarni xorij bozoriga chiqarish rejalashtirgan.
Bugungi kunda korxonada umumiy hisobda 150 nafarga yaqin ishchi-xodim mehnat qilmoqda. Ularning asosiy qismini ayollar tashkil etadi.
Maʼlumot oʻrnida qayd etish lozimki, Fargʻona viloyati boʻyicha joriy yilda 2 ming 400 tonna tirik pilla xomashyosi yetishtirildi. Bugungi kunda barcha qayta ishlash korxonalari tomonidan xom ipak va ipak momigʻi ishlab chiqarilmoqda. Viloyatimizdagi pillani chuqur qayta ishlash korxonalarini jahon bozorlari talabiga mos sof va aralash ipak gazlamalar ishlab chiqarishga bosqichma bosqich oʻtkazish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.