Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Margʻilon shahar boʻlimi DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar T.N. va T.X. fuqaro M.Yu.ga tanishlari yordamida 7 000 AQSH dollari evaziga vafot etgan fuqaroning Fargʻona shahar, A.Yassaviy koʻchasidagi xonadonini uning nomiga rasmiylashtirib berishlarini aytib, oldindan 4 000 AQSH dollarini olgan vaqtida yoshviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.