Korxonada 150 nafardan ziyod doimiy ish oʻrni yaratilgan. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot hozirgacha ichki bozorga yoʻnaltirilib kelingan boʻlsa, endi xorijiy davlatlarga eksport qilish ham boshlanmoqda. Dastlabki partiya Qirgʻiziston bozoriga yuborilmoqda.
Hozirda korxonada qiymati 12 milliard soʻm boʻlgan yangi liniya loyihasi amalga oshirilmoqda. Kelgusi yilning dastlabki oyida foydalanishga topshiriladigan liniya korxona ishlab chiqarish quvvatini yillik 15 ming kvadrat metrga oshiradi, 30 ta qoʻshimcha ish oʻrni shakllantiradi.
Korxona faoliyatini yanada kengaytirish boʻyicha tadbirkor bilan muloqot qilgan viloyat hokimi, xorijiy kredit liniyalarini jalb etishga koʻmaklashish boʻyicha masʻullarga koʻrsatma berdi. SHuningdek, korxonaning elektr taʻminotini yaxshilash boʻyicha tadbirkor murojaatini ijobiy hal etish boʻyicha mavjud texnik imkoniyatlar qisqa muddatda oʻrganib chiqiladigan boʻldi.