“Maʼrifat ulashib” loyihasi talabalarga chinakam maʼnaviy ozuqa boʻldi

    Shu yilning 28-sentyabr kuni Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi taniqli shoir, tarjimon Amir Xudoyberdi, Gulandom Togʻayeva, Alisher Boymurodov va talabalar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

    Ushbu uchrashuvda ijodkorlar oʻzlarining Vatanga muhabbat, sevgi-sadoqat, jasurlik, mehnatsevarlik, odamiylik haqida yozgan sheʼrlaridan oʻqib, yoshlarni bilim olishga, yurt taraqqiyoti uchun munosib kadrlar boʻlib yetishishga chaqirdi.

    — “Maʼrifat ulashib” loyihasi butun respublikamizda amalga oshirilyapti, — dedi institutning yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor Ulugʻbek NURULLAYEV. – Ushbu loyiha asosida bugungi kungacha institutda “Zakovat” intellektual oʻyinlari, “Munozara” debat bellashuvlari, “Mushoira” va adiblarning hayotiga bagʻishlangan tadbirlar oʻtkazildi. Oʻylaymanki, bugungi uchrashuvdan talabalar oʻzlariga kerakli bilimlarni oʻzlashtirdi. Zero, kitob oʻqishga, adabiyotga qiziqqan, ijodga mehr qoʻygan talabalardan hech qachon yomonlik chiqmaydi.

    Tadbir soʻngida ijodkorlar “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida institut hovlisiga daraxt koʻchatlari oʻtqazdi. Soʻng esa “Mushoira” klubi aʼzolari bilan uchrashuv tashkil etilib, institut hududida joylashgan Mahdumi Aʼzam yodgorligi, tarixda buyuk sarkarda va Samarqand amiri boʻlgan Bahodir Yalangtoʻsh qabri ziyorat qilindi.


    Hamkorlik materiali