Uchrashuvda viloyat hokimi oʻrinbosari Nigora Qutlimurodova, institut rektori Feruza Madrahimova, Respublika Oila va xotin qizlar qoʻmitasi “Ilm nuri” jamiyati rahbari Dilbar Alimjonova, “Yangi Oʻzbekiston” universiteti prorektori Hilola Nazirova va boshqa masʼullar ishtirok etdi.
Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oila va gender instituti, “Oqila ayollar” harakati vakillari, viloyatning ijod va ilm, fan va madaniyat yoʻlidagi fidoyi, faol va yetakchi ayollari, olimalar, yosh tadqiqotchilar va ijodkorlarning ham yigʻilishda qatnashgani uchrashuv shukuhini oshirdi.
Oʻzbekiston xalq artistlari, xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimlari, davlat mukofoti sohibalari, professorlar va fan doktorlari, ijodkorlar, bir soʻz bilan aytganda, elimiz ardogʻidagi ayollarni oʻzida jamlagan bu uchrashuv chin maʼnoda ilm va ijod bayramiga aylandi, deyiladi institut axborot xizmati xabarida.