Vatanimiz tarixining gʻoyat murakkab davrida – XX asr boshlarida oʻzining maʼrifatparvarlik faoliyati va fidokorona xizmatlari bilan milliy taʼlim-tarbiya tizimini yaratish hamda yurtimiz istiqloli, xalqimizning ozodligi va erkinligi, kelajak avlodlarning obod va farovon hayotini taʼminlashga qoʻshgan beqiyos hissasini inobatga olib, quyidagilar “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlansin:

Abdulla Avloniy (marhum) - maʼrifatparvar adib, pedagog, jamoat arbobi.

Mahmudxoʻja Behbudiy (marhum) - Turkistondagi jadidchilik harakatining asoschilaridan biri, adib, pedagog va olim.

Munavvar qori Abdurashidxonov (marhum) - atoqli maʼrifatparvar murabbiy, adib, muharrir va jamoat arbobi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                            Sh.Mirziyoyev.