Maʼrifiy faoliyatni amalga oshirish tartibi belgilandi

    Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-990-son, 05.11.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi.

    Unga koʻra, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunga maʼrifiy faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilashga qaratilgan qoʻshimchalar kiritilmoqda.

    Shuningdek, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida maʼrifiy faoliyatni bunday faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan amalga oshirish yoxud maʼrifiy faoliyatni amalga oshirish boʻyicha qonunchilikda belgilangan cheklovlarga rioya etmaganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.