Mark Sukerbergning kompaniyasi “aqlli” ko'zoynak ishlab chiqdi

    Qurilma jonli nutqni tarjima qilishi, video ko'rsatishi, qo'ng'iroq qilishi mumkin.

    Meta kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan ko'zoynak odatiy ko'zoynaklarga o'xshaydi va og'irligi atigi 100 gramm.

    Orion ko'zoynaklari imo-ishoralarni yaxshiroq kuzatish va ularga javob berish uchun 70 darajali ko'rish burchagiga ega microLED ekranlar, o'rnatilgan sun'iy intellekt yordamchisi va eMG datchikli bilaguzuk bilan jihozlangan.

    Qurilmani qarash orqali ham boshqarish mumkin. Barcha gologrammalar kichik protsessor bloki yordamida linzalarga uzatiladi.

    Taxminlarga ko'ra, kelajakda gajet smartfonlar o'rnini egallashi kerak: u real vaqt rejimida filmlar, o'yinlar ko'rsatishi, video qo'ng'iroqlarni, yozishmalarni amalga oshirishi, hattoki og'zaki nutqni tarjima qilishi mumkin.

    Qurilmaning narxi 10 ming dollardan oshadi. Ko'zoynak sotuvga chiqqunga qadar takomillashtiriladi, deb xabar beradi kz.kursiv.media.