Uchrashuvda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi rahbari Eldor Tulyakov Xitoy delegatsiyasi a'zolarini mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ushbu jarayonda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki, bevosita Markaz faoliyati, shuningdek, “O'zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati bilan tanishtirdi.

Muloqot jarayonida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va Sinxua instituti o'rtasida hamkorlik aloqalarini o'rnatish, Xitoyning “Bir makon, bir yo'l” tashabbusi doirasidagi O'zbekiston – Xitoy munosabatlari hamda Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Jumladan, Sinxua instituti rahbariyati “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan faol hamkorlikni yo'lga qo'yish orqali birgalikda ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish, xususan, ikki davlat o'rtasidagi hamkorlikning o'ziga xos jihatlari, islohotlar jarayonidagi samarali tajribalarini o'rganish, nufuzli ilmiy nashrlarda maqolalar chop etish hamda xalqaro ilmiy anjumanlar tashkil etish borasida o'z takliflarini bildirdi.

Yakunda tomonlar o'zlarini qiziqtirgan barcha sohalarda hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi

Axborot xizmati