Markaziy Afrika Respublikasida kema halokatga uchradi, 60 dan ortiq odam cho'kib ketdi

    Markaziy Afrika Respublikasi: Bangi yaqinidagi Mpoko daryosida kemaning cho'kib ketishi oqibatida kamida 60 kishi halok bo'ldi.

    Bu haqda RFI radiostansiyasi ma'lum qildi.

    Uning qayd etishicha, kemada 300 ga yaqin odam, jumladan, dafn marosimiga ketayotgan ayollar va bolalar bo'lgan. 100 ga yaqin odam qutqarib olindi, bedarak yo'qolganlarni qidirish davom etmoqda.

    Guvohlarning so'zlariga ko'ra, kema bandargohdan chiqib, daryoning o'rtasiga yetib borgach, deyarli yarmiga bo'lingan. Rasmiylarning fikricha, kema halokatiga uning bortida olib ketilishi mumkin bo'lganidan ko'proq yo'lovchilar bo'lgani sabab bo'lgan, deb xabar beradi report.az.