Usulutana sohilida, El-Espino plyajidan 66 kilometr janubda 6,8 magnitudali zilzila yuz berdi. Zilzila manbai 51 kilometr chuqurlikda bo'lgan. Yangilangan ma'lumotlarga ko'ra, Salvador uchun sunami xavfi yo'q.

Qirg'oqdagi yirik aholi punktlari zilzila markazidan kamida yuz kilometr uzoqlikda joylashgan.

Mamlakat fuqarolar muhofazasi xizmati zilzila oqibatlarini o'rganayotganini ma'lum qildi, deb xabar beradi ria.ru.