Xususan, korporativ bank kartalariga xizmat koʻrsatish jarayonida kamchiliklarga yoʻl qoʻyganligi uchun 7 ta tijorat banki va 1 ta mikromoliya tashkiloti jarimaga tortildi. Bundan tashqari, yana 4 ta toʻlov tashkiloti faoliyatidagi kamchiliklar yuzasidan rasman ogohlantirildi.
Shuningdek, moliya bozoridagi ishtirokchilar tarkibida ham oʻzgarishlar kuzatildi. “Baraka biznes hamkor” va “Effective money” mikromoliya tashkilotlari oʻz arizalariga binoan reyestrdan chiqarildi. Shu bilan birga, “IT unisoft group” AJga tegishli toʻlov tashkiloti litsenziyasi ham kompaniyaning oʻz xohishi bilan bekor qilindi.
Markaziy bank tomonidan koʻrib chiqilgan boshqa masalalar kredit tashkilotlarining ustaviga oʻzgartirish kiritish, ustav fondidagi ulushlarga egalik qilish uchun ruxsat berish va yangi toʻlov tizimlariga litsenziya ajratish bilan bogʻliq boʻldi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.