Markaziy bank asosiy stavkani o'zgarishsiz qoldirdi

    Moliya 14 Sentabr 2023 1555

    2023 yil 14 sentyabrda Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qolish to'g'risida qaror qabul qildi.

    «Aholining kelgusi 12 oy uchun inflyatsion kutilmalari trend yo'nalishini o'zgartirib, 14,2 foizgacha ortdi. Tadbirkorlik sub'ektlarining kutilmalarida ham o'xshash tendentsiya kuzatilib, 14,4 foizga teng bo'ldi. Respondentlar tomonidan kutilmalar o'sishining asosiy omillari sifatida valyuta kursi o'zgarishi, yoqilg'i va energiya narxlarining oshishi kabi omillar ta'kidlangan».

    «Markaziy bank asosiy stavkasining o'zgarishsiz qolishi va uning pul bozoriga transmissiyasi, qisqa muddatli likvidlik narxining real hisobda 3-4 foizlik ijobiy darajada shakllanishiga va shu orqali «nisbatan qat'iy» pul-kredit sharoitlarini ta'minlashga xizmat qilmoqda», – deya izohlanadi MBning mazkur qaror yuzasidan e'lon qilgan Press-relizida.

    Ma'lumot uchun, Markaziy bank Boshqaruvining asosiy stavkani ko'rib chiqish bo'yicha navbatdagi yig'ilishi 2023 yil 26 oktyabrga belgilangan.