Bunda firibgarlar Markaziy bank xodimi sifatida oʻzini tanishtirib, fuqarolarning ishonchiga kirishga urinmoqda. Bundan tashqari, firibgarlar telegram messenjerida «Markaziy bank«ning soxta kanalini yaratib, fuqarolarning bank kartalariga oid maʼlumotlarini qoʻlga kiritish orqali kartadagi pul mablagʻlarini oʻzlashtirmoqda.
Markaziy bank bu kabi xabarlar va akkauntlarga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining hech qanday aloqasi yoʻqligini maʼlum qiladi.
«Markaziy bank jismoniy shaxslarga kreditlar ajratmasligini va moliyaviy xizmatlar koʻrsatish bilan shugʻullanmasligini yodda tuting.
Fuqarolardan ushbu xabarlarga eʼtibor qaratmaslik va bank kartalari maʼlumotlarini uchinchi shaxslarga bermaslik, hech qanday havolaga kirmaslik soʻraladi«, deya eslatib oʻtiladi xabarda.