Markaziy bankning xabar berishicha, fuqarolar soxta “xavfsizlik xizmati“ xodimi soʻzlariga ishonib, bank ilovalari orqali onlayn kredit olishga ariza berishi hamda telefon qurilmasiga zararli ilovalar oʻrnatishi natijasida bank kartasida boʻlgan va ajratilgan kredit mablagʻlaridan ayrilib qolmoqda.
Markaziy bank notanish akkauntlardan “kreditni bekor qilish2, “xavfsiz hisobga pul koʻchirish“ mazmunidagi xabarlar kelsa, muloqotga kirishmaslikni, ushbu foydalanuvchini bloklab qoʻyish hamda smartfonga zararli (APK) ilovalarni oʻrnatmaslikni tavsiya qildi.
Shuningdek bank jismoniy shaxslarga kreditlar ajratmasligini hamda moliyaviy xizmatlar koʻrsatish bilan shugʻullanmasligini eslatib oʻtdi.