Maʼlum qilinishicha, «Humans» kompaniyasiga toʻlov xizmatlarini koʻrsatgan «Octagram» AJ toʻlov tashkilotida Markaziy bank farmoyishiga asosan tekshiruv oʻtkazilgan. Uning natijalari boʻyicha tuzilgan maʼlumotnoma Toshkent shahar IIBBga huquqiy baho berish va tegishli choralar koʻrish uchun yuborilgan.
Ayni paytda mazkur holat Toshkent shahar IIBB tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda oʻrganilmoqda. Shu munosabat bilan fuqarolardan zarur hollarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish soʻraldi.
Markaziy bank har bir bank va toʻlov tashkiloti moliyaviy xizmatlardan foydalanuvchilarning huquqlarini himoya qilishni taʼminlashi shartligini yana bir bor taʼkidladi.