2022-yilning I choragida Markaziy bankning ichki valyuta bozoriga intervensiyalari hajmi 2,4 milliard dollarni (26,8 trln soʻm ekvivalenti) tashkil etib, 2021-yilning soʻnggi choragiga nisbatan 19 foizga koʻp boʻldi.
Likvidlikni boshqarishda aksariyat banklar tomonidan pul bozoridagi amaliyotlardan koʻra, Markaziy bank instrumentlariga murojaat qilish afzal koʻrilmoqda.
Markaziy bank tomonidan tashqi iqtisodiy xatarlar fonida asosiy stavkaning oshirilishi boʻyicha qarori taʼsirida mart oyidagi oʻrtacha foiz stavkalari 15,1 foizgacha koʻtarildi. (17-31-mart kunlarida oʻrtacha foiz stavkasi 17,1 foizni tashkil etib, asosiy stavka oʻzgarishiga muvofiq boʻldi).
Inflyatsiya darajasini hisobga olganda chorak davomida pul bozoridagi real foiz stavkalari ijobiy darajada shakllanib, Markaziy bank asosiy stavkasining oshirilishi fonida mart oyida oʻrtacha real foiz stavkasi 4,2 foizgacha koʻtarildi va “qatʼiy” pulkredit sharoitlarini hosil qilmoqda.
Banklarning banklararo pul bozoridagi depozit operatsiyalari hajmining pul-kredit instrumentlariga nisbati 2021-yil yakunidagi 30 foizdan mart oyida 42 foizgacha ortdi. Ushbu holat, umumiy likvidlikning kamayishi fonida Markaziy bankning likvidlikni jalb etish operatsiyalari hajmining maʼlum darajada qisqarishi bilan izohlanadi.
Xususan, Markaziy bank obligatsiyalari qoldigʻi yanvar oyi yakunidagi 14,6 trillion soʻmdan mart oyi yakunida 10,5 trillion soʻmgacha qisqargan boʻlsa, kunlik oʻrtacha overnayt depozit operatsiyalari hajmi mart oyida yanvarga nisbatan 34 foizga kamaydi.
Markaziy bank pul bozoridagi oʻzgarishlarni maʼlum qildi
Mart oyida pul bozoridagi holat iqtisodiyot subyektlarining devalvatsion kutilmalari ortishi hisobiga xorijiy valyutaga boʻlgan talabning koʻpayishi sababli soʻmdagi likvidlik hajmining sezilarli kamayishi hamda oyning ikkinchi yarmida pulkredit sharoitlari va operatsiyalariga kiritilgan oʻzgartirishlar fonida shakllandi.
Toshkentda Xitoy xalqaro texnikumi tashkil etiladi
- Iyul oyida yillik inflyatsiya 6,4 foizga tushdi
- Karmanada bosqinchilik sodir etgan xavfli retsidivist 15 yilga qamaldi
- Jizzaxda Oʻzbekiston va Eron tadbirkorlari oʻrtasida biznes-forum oʻtkazildi
- O‘zbekistonlik ikki yosh kurashchi jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi
- «Strasburg» Abbosbek Fayzullayev transferi bo‘yicha muzokara boshladi
Samarqandda tez yordam mashinasiga yo‘l bermagan «Mercedes-Benz» haydovchisi jarimaga tortildi
- Yangi o‘quv yilidan maktablarda dars soatlarini taqsimlash tartibi o‘zgartiriladi
- 2026/2027-o‘quv yili uchun mandat natijalari e’lon qilindi
- Barcha turdagi jarimalar miqdori o‘rtacha 2 barobar kamaytiriladi
- Joriy yilgi minimal o‘tish ballari ma’lum bo‘ldi
- “Afrosiyob” poyezdida unutib qoldirilgan barsetka egasiga qaytarildi