Uning zimmasiga xalqaro hamkorlik, valyutani tartibga solish, xalqaro zahiralarni boshqarish, qimmatbaho metallarni saqlash va ular bilan ishlash, moliya-iqtisodni yuritish, amaliyot faoliyatiga rahbarlik vazifalari yuklatilgan. Shuningdek, u Respublika Valyuta birjasi ishini muvofiqlashtiradi.
Shu kungacha A. Olimov Markaziy bankning Valyutani tartibga solish va toʻlov balansi departamenti direktori lavozimida ishlab kelgan.
A.Olimov 1988-yilda tugʻilgan. 2010-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavr, 2012-yilda magistratura bosqichini tamomlagan. 2020-yilda Xitotsubashi universitetining (Yaponiya) magistratura bosqichini tamomlagan.
U bank tizimida 10-yillik ish tajribasiga ega.