Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida Shveysariyaning Iqtisodiy masalalar boʻyicha Davlat kotibiyati (SECO) vakili janob Reto Veyerman bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining turli yoʻnalishlardagi faoliyatini xalqaro moliya institutlari, jumladan, SECO tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalar doirasida texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash masalalariga toʻxtalib oʻtildi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar Markaziy bank xodimlarining malakasini oshirish yoʻnalishida SECO bilan keng hamkorlik istiqbollarini alohida muhokama qildilar, deb xabar beradi Markaziy bank matbuot xizmati.