Markaziy bank yangi valyuta kurslarini eʼlon qildi

    Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 3-oktyabr kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.

    Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 15,62 soʻmga oshdi va 12 099,72 soʻmni tashkil qildi.

    Yangilangan kurslarga koʻra:

    • 1 yevro – 14 223,22 soʻm (+25,61)
    • 1 funt sterling – 16 333,41 soʻm (+86,34)
    • 1 Rossiya rubli – 148,90 soʻm (+2,18)
    • 1 Xitoy yuani – 1 699,49 soʻm (+2,19)
    • 1 yapon iyenasi – 82,52 soʻm (+0,85)
    • 1 qozoq tengesi – 22,12 soʻm (+0,13)

    Shu tariqa, barcha asosiy valyutalar soʻmga nisbatan qiymatini oshirdi.