Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 3-4-aprel kunlari Samarqand shahrida “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi“ birinchi sammiti boʻlib oʻtdi.
Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta, Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen, Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov mamlakatimizga tashrifini yakunlab, yurtiga joʻnab ketdi.