Forum ishida Markaziy Osiyo davlatlari parlamentlari rahbarlari va aʼzolari, parlament devonlari rahbarlari, BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya boʻyicha mintaqaviy markazi rahbari, BMT Bosh kotibining maxsus vakili Kaxa Imnadze, mahalliy Kengashlar deputatlari va OAV vakillari ishtirok etdi.
Forum yalpi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning forum ishtirokchilariga yoʻllagan tabrigi oʻqib eshittirildi.
Yalpi majlisdan soʻng forum oʻz ishini 4 ta sessiya doirasida davom ettirdi.
Anjumanda Markaziy Osiyo mintaqasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida parlamentlararo komissiyalar va doʻstlik guruhlarining ishini faollashtirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosini taʼminlashda mahalliy vakillik organlarining oʻzaro hamkorligini kengaytirish va mustahkamlash, ayollarning, shu jumladan parlament ayol aʼzolarining mintaqa rivojlanishidagi faol ishtirokini taʼminlash, yosh parlament hayotidagi ishtirokini kuchaytirish, ularning loyiha va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga oid qator masalalar muhokama etildi.
Shuningdek, Oliy Majlis Senati Raisining Markaziy Osiyo davlatlari parlamentlari delegatsiyalari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlari oʻtkazildi.
Forum yakunlari boʻyicha Xiva deklaratsiyasi qabul qilindi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.