Unda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi T. Narbayeva ishtirok etmoqda.
Majlisda Markaziy Osiyo mamlakatlari tomonidan gender tenglikka erishish siyosatini amalga oshirish xususida fikr almashish, mintaqa xotin-qizlarining siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorligi masalalari muhokama qilinishi koʻzda tutilgan.
Shuningdek, Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqoti deklaratsiyasini qabul qilish va Yetakchi ayollar muloqoti ishtirokchilarining Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlariga murojaat qilishi rejalashtirilgan, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.