Maqbaraga temuriylar sulolasiga mansub kishilar Amir Temur, uning piri Mir Sayyid Baraka, oʻgʻillari Umar-shayx, Mironshoh va Shohrux, nabiralari Muhammad Sulton, Ulugʻbek va boshqalar dafn etilgan.
Arxeologik tadqiqotlar natijasida maqbara hovlisining ikki yonidan Muhammad Sulton qurdirgan Madrasa va xonaqoh qoddiqlari topilgan. Madrasa va xonaqoh chorsi hovlining sharqiy va gʻarbiy tomonlarini egalla-gan. Hovlining janubida gumbazli maqbara joylashgan.
Temurning mashhur tarixchisi Sharofiddin Ali Yazdiy: "Ushbu binoni gumbazi baland edi, huddi falak kabi, binoning pastki qismlari tillali va bir yuzali naqshlar bilan marmarda bezatilgan” deb yozgan edi.
Keyinroq 1405-yil bu yerda Amir Temurning oʻzi ham dafn etilgan, deb yozmoqda OʻzRFA telegram kanali.