Markaziy Osiyo savdo axborot portali ishga tushirildi

    Raqamlashtirish 2 Mart 2021 444

    BMTning Taraqqiyot Dasturi va Xalqaro savdo markazi Markaziy Osiyoda birinchi savdo axborot portalini ishga tushirdi.

    Central Asia Trade Intelligence (CATI) portali – bu foydalanuvchilarga muhim savdo maʼlumotlarini taqdim etish orqali Markaziy Osiyo mamlakatlarining eksport salohiyatini va mintaqaviy integratsiyasini oshirishga qaratilgan onlayn vosita hisoblanadi.

    Ushbu resurs Tojikiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston va Oʻzbekiston, shuningdek, Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridagi savdo statistikasi, tariflar, eksport va import talablari hamda biznes aloqalarining yagona axborot bazasidir.

    Foydalanuvchilar mahsulot sifatiga qoʻyiladigan talablarga oid maʼlumotlarni bu yerdan topishlari mumkin. Portal eksportchilar, importchilar, investorlar, shuningdek Markaziy Osiyo mamlakatlaridan biznes va savdoni qoʻllab-quvvatlovchi tashkilotlarga biznesni rivojlantirish imkoniyatlarini samarali izlashga xizmat qiladi.