Uning ishida Tojikiston Respublikasi energetika va suv xo'jaligi vaziri Daler Jum'a, O'zbekiston Respublikasi suv xo'jaligi vaziri Shavkat Xamrayev va tomonlar delegatsiyalari ishtirok etdi.
Uchrashuvda mintaqa davlatlarini toza ichimlik suvi bilan ta'minlashda Sarez ko'li suv resurslaridan foydalanish masalalari, Tojikiston Respublikasi va O'zbekiston Respublikasi o'rtasida suv xo'jaligi sohasida yangi qo'shma transchegaraviy loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Kelgusida do'st davlatlar – Tojikiston va O'zbekistonning suv resurslari sohasidagi hamkorligi kengayib, mustahkamlanishiga ishonch bildirildi, deb xabar beradi mewr.tj.