Markaziy Osiyoda ilk bor International Astronautical Congress 2028 Samarqandda boʻlib oʻtadi

    Sidney shahridagi kongressda International Astronautical Congress 2028 Samarqandda boʻlib oʻtishi haqida qaror qabul qilindi.

    Bu haqda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov oʻzining feysbukdagi sahifasida maʼlum qildi.

    «Albatta, Hindiston va Bahrayn kabi davlatlar bilan ushbu tanlovda raqobat qilib, yutish oson boʻlmadi.
    Olti yuz yil avval Mirzo Ulugʻbek observatoriya va madrasa qurib Samarqandni ilm-fan markaziga aylantirgan boʻlsa, 2028-yilda kosmos yoʻnalishidagi dunyoning eng katta tadbiri Samarqandda oʻtishi, albatta, uchinchi renessans asosini boshlab bergan Prezidentimiz tomonlaridan olib borilayotgan ishlarning dunyo hamjamiyati tomonidan oʻziga xos eʼtirofidir.
    Ushbu tadbir nafaqat 10 mingdan ortiq mehmonlarni va xalqaro koʻrgazmani olib kelib, yurtimiz iqtisodiyotiga foyda beradi (Avstraliya iqtisodiga $27 mlndan ortiq hissa boʻlibdi), balki asosiysi, yurtimiz yoshlarini ilm-fanga qiziqishlarini yanada ortishiga yordam beradi.
    Koʻz tegmasin, Prezidentimizning taʼlimga eʼtiborlari sababli hozirgi yoshlarimiz orasida ilm-fan bilan shugʻullanishga intiluvchilar kundan-kun ortib bormoqda. Ana shunday yoshlarimizdan haqiqiy Mirzo Ulugʻbek vorislari yetishib chiqib, yurtimizning ilm-fan yoʻnalishidagi obroʻsini yanada oshirishda oʻz hissalarini qoʻshadilar deb umid qilamiz", — deydi Shermatov.