Ayni paytda ushbu yirik loyiha foydalanishga topshirilish arafasida. Aytish joizki, qiymati 25 milliard soʻmlikdan ziyod boʻlgan “Sholini qayta ishlash va saqlash majmuasi “TST Sluster” klasteri tomonidan bunyod etildi. Natijada “TST Rice” sholichilik klasterida toʻliq sanoat zanjiri yaratildi.

Zavod Quyi Chirchiq tumanidagi “Surum” MFY hududida joylashgan. Uning birinchi bosqichida mavsum davomida 25 ming tonnadan 40 ming tonnagacha sholini quritish va qayta ishlash imkoniyati yaratildi. Hozir majmua hududi obodonlashtirilib, korxona deyarli tayyor holga keltirildi.

Zavodning rasmiy ochilish marosimi shu haftada boʻlib oʻtishi kutilmoqda.