Uchrashuvda Tokioda boʻlib oʻtadigan “Markaziy Osiyo+Yaponiya” muloqoti tashqi ishlar vazirlarining 9-konferensiyasi kun tartibi, konsepsiyasi va dasturi muhokama etildi.

Ishtirokchilar mintaqamiz va xorijiy davlat oʻrtasidagi koʻp tomonlama hamkorlikning dastlabki platformalaridan biri boʻlgan mazkur format doirasidagi oʻzaro hamkorlik darajasini yuqori baholadi.

Uchrashuvda soʻzga chiqqanlar ishtirokchi-mamlakatlar vakillari hamkorlikning dolzarb masalalari haqida soʻz yuritib, sheriklikni yanada chuqurlashtirish boʻyicha takliflarni ilgari surdi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.