Ushbu bahsda “Buxoro” va “Bunyodkor klublari oʻzaro kuch sinashishadi. Pandemiya tufayli Superliganing 1-davrasidan oʻrin olgan qolgan barcha uchrashuvlar markazlashgan holda Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi stadionlarda boʻlib oʻtadi.

Shu boisdan, “Buxoro” – “Bunyodkor” uchrashuviga Toshkentdagi “Paxtakor” markaziy stadioni mezbonlik qiladi. Uchrashuvni Akobirxoʻja Shukurullayev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Maʼlumot uchun, “Bunyodkor” klubi ortda qolgan turlarda 8 ta oʻyinda 16 ochko jamgʻarib, turnir jadvalining 4-pogʻonasini egallab turibdi. Buxoroliklar esa joriy mavsumda birorta gʻalabani qoʻlga kirita olganicha yoʻq. Ularning hisobida bor yoʻgʻi 2 ochko mavjud.

Oʻzbekiston Superligasi 9-tur.
“Buxoro” – “Bunyodkor”.
14-avgust. Toshkent shahri, “Paxtakor” stadioni.

Bosh hakam: Akobirxoʻja Shukurullayev.
Yordamchi hakamlar: Hasan Nabiyev, Daler Tilloyev, Ahmadjon Ergashev.
Nazoratchi: Sardor Najafaliyev.
Komissar: Jahongir Rahmatullayev.