Marokash Podshohligi Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

    Xalqaro hamkorlik 24 Noyabr 2022 1184

    2022-yil 23-noyabrda Fes shahrida (Marokash) boʻlib oʻtayotgan BMT Tamaddunlar ittifoqining toʻqqizinchi Global forumi doirasida Tashqi ishlar vaziri birinchi oʻrinbosari F.Sidiqov va Marokash Tashqi ishlar vaziri N. Burita bilan uchrashdi.

    N.Burita Fes shahrida (Marokash) boʻlib oʻtayotgan BMT Tamaddunlar ittifoqi global forumida ishtirok etgani uchun Oʻzbekiston tomoniga minnatdorlik bildirdi.

    Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va turizm sohalarida oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi.

    Hozirgi tovar ayirboshlash hajmi ikki davlatning mavjud salohiyatiga mos kelmasligi taʼkidlandi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

    Muloqotda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham koʻrib chiqildi.