Yaxta Marokashning Tanjer portiga yetib bormasdanoq cho'kib ketdi.
“Kapitan, ekipaj va qutqaruvchilarning yaxtani portga olib kirishga urinishlariga qaramay, kema Tanjer bandargohi yaqinida cho'kib ketdi. Ekipaj xavfdan yiroq, sog'-salomat va allaqachon Ispaniyada”, — deyiladi xabarda.
Ispaniya hukumati ma'lumotlariga ko'ra, Gibraltar bo'g'ozida kasatkalarning kichik kemalar, ayniqsa parusli kemalarga hujumi 2020-yildan buyon qayd etilgan, deb xabar beradi mir24.tv.