Marokashda motam e'lon qilindi

    Voqea-hodisalar 10 Sentabr 2023 2112

    Marokash qiroli mamlakatda uch kunlik milliy motam e'lon qildi.

    Marokashdagi kuchli zilzila qurbonlari soni 2000 dan oshdi. Yaradorlar soni ham taxminan shuncha ekanligi aytildi.

    Marokash Ichki ishlar vazirligining xabar berishicha, 1400 dan ziyod fuqarolar jiddiy jarohat olgan. eng ko'p qurbonlar Marokosh janubidagi provintsiyalarda qayd etilgan.

    Ma'lumotlarga ko'ra, mamlakatda bayroqlar tushiriladi. Barcha masjidlarda zilzila qurbonlari haqiga duo qilinadi.