Tadbir Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti hamkorligida tashkil etildi.
Mazkur loyiha Oʻzbekiston–2030 strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, jamiyatda meʼyor, masʼuliyat va muvozanatga asoslangan hayot madaniyatini qaror toptirish, tejamkorlikni ommalashtirish hamda isrofgarchilik va dabdababozlikka qarshi zamonaviy maʼrifiy yondashuvlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Harakatning asosiy maqsadi:
- jamiyatda meʼyorni qadriyat darajasiga koʻtarish;
- resurslardan oqilona foydalanish madaniyatini shakllantirish;
- moliyaviy masʼuliyatni kuchaytirish;
- isrofgarchilik va dabdababozlikning oldini olish;
- yoshlarda ongli isteʼmol va masʼuliyatli turmush tarzini qaror toptirish.
Loyiha doirasida:
- Respublika boʻylab 14 ta hududda seminar-treninglar tashkil etildi;
- 204 ta oliy taʼlim muassasasi qamrab olindi;
- qariyb 2 ming nafar professor-oʻqituvchi, mutaxassis va talaba ishtirok etdi;
- professor-oʻqituvchilar harakatning asosiy targʻibotchilari sifatida tayyorlandi.
Shuningdek, mamlakat oliy taʼlim tizimida soʻnggi yillardagi eng yirik mavzuli sotsiologik tadqiqotlardan biri amalga oshirildi.
Tadqiqotda 58 068 nafar talaba, professor-oʻqituvchi va xodim ishtirok etib, toʻy madaniyati, iqtisodiy omillar, ijtimoiy bosim va maromiylik qadriyatlari boʻyicha fikrlari oʻrganildi.
Yaponiyaning The Nippon Foundation tashkiloti eksperti Michihiro Tanabe mamlakatda asrlar davomida shakllangan:
- Hara Hachi Bu;
- Mottainai;
- ish va hayot muvozanati;
- minimalizm madaniyati
kabi tamoyillarning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati haqida maʼruza qildi.
Shuningdek, Shvetsiyaning mashhur Lagom modeli va boshqa davlatlarning masʼuliyatli isteʼmol hamda meʼyor madaniyati boʻyicha ilgʻor tajribalari muhokama qilinadi.
Konferensiya yakunida:
- “Maromiylik” umummilliy harakatining ilmiy-amaliy rivojlanish istiqbollari boʻyicha rezolyutsiya qabul qilinadi;
- davlat organlari, taʼlim muassasalari va fuqarolik jamiyati institutlari uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi;
- mahalla, taʼlim, davlat boshqaruvi va xizmat koʻrsatish sohalarida maromiylik tamoyillarini bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlar belgilanadi.