баннер
22 Mar 2025
03:03

    Mart oyi uchun pensiya toʻlovlari toʻliq moliyalashtirildi — Pensiya jamgʻarmasi

    Shu yilning mart oyida pensiya toʻlovlarini naqdsiz shaklda oluvchilarga mablagʻlar toʻliq moliyalashtirildi.

    Pensiya jamgʻarmasining xabar berishicha, shu yilning mart oyi toʻlov roʻyxatlariga kiritilgan 4,1 mln nafar pensiya oluvchilar uchun talab etilgan mablagʻlar tijorat banklariga moliyalashtirilib berildi.

    Oʻz navbatida pensiya toʻlovlarini naqd pulsiz shaklda oluvchi 3,4 mln nafar (yoki jami oluvchilarning 82 foizi) fuqarolarning bank kartalariga mablagʻlar toʻliq yuklab berilishi taʼminlandi.

    Amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq pensiya pullarini naqd shaklda oluvchilarga pensiya pullari 4-mart kunidan boshlab tasdiqlangan grafiklarga asosan Xalq bankining sayyor kassalari tomonidan yetkazib beriladi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech