Umuman olganda, markaz o'tkazgan so'rov natijalariga ko'ra, mart oyida O'zbekistonda ishbilarmonlik muhiti holati sezilarli darajada yaxshilangan.
Bu nimalarda ko'zga tashlanadi?
Mart oyida ishbilarmonlik muhitining umumiy ko'rsatkichi barcha tarmoqlarda o'sdi va eng katta o'sish ikkinchi oy ham ketma-ket qishloq xo'jaligida kuzatildi. Agar fevral oyida ishbilarmonlik muhitining jamlangan ko'rsatkichi 58 punktni tashkil etgan bo'lsa, mart oyida 6 punktga ko'tarilib, 64 punktni tashkil etdi va bu mamlakatdagi ishbilarmonlik muhiti holatini ijobiy, deb baholash imkonini beradi.
Taxminan 42 foiz respondent biznesning hozirgi holatini “yaxshi” deb baholagan, yomonlashgani haqida xabar bergan korxonalar soni esa 14 foizdan 10 foizgacha kamaygan.
Korxonalarning 22 foizi o'z xodimlari sonini ko'paytirdi, 45 foizi esa o'z tovarlari/xizmatlariga talabning o'sishini qayd etdi.
Mart oyidagi talabning holati, umuman olganda, kompaniyalar tomonidan fevral` oyiga qaraganda yaxshiroq tavsiflangan. Agar fevral oyida korxonalarning 40 foizi talabning oshishini kutgan bo'lsa, mart oyida esa 45 foizni tashkil etdi.
Qishloq xo'jaligi va sanoat tarmoqlari korxonalari orasida talabning hisob-kitoblari sezilarli darajada oshdi.
Biznesning holatini joriy baholash sezilarli darajada yaxshilandi. Biznesning joriy holati jamlangan ko'rsatkichi oy davomida 12 punktga o'sdi va mart oyidagi 35 punktga nisbatan 49 punktni tashkil etdi.
Kelgusi 3 oyda biznesni rivojlantirish istiqbollarini kutishning jamlangan ko'rsatkichi yuqori darajada qolmoqda – 80 punkt (2022 yil mart oyida – 74 punkt), bu barcha tarmoqlarda juda yuqori optimizm bilan quvvatlanadi.
Keyingi 3 oyda biznesning umumiy ahvoli yaxshilanishini kutayotgan tadbirkorlar ulushi 81 foizni tashkil etdi, 73 foizi tovar va xizmatlarga talabning yanada oshishini kutmoqda, 66 foizi esa xodimlar sonini oshirishni rejalashtirmoqda.
Mart oyida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi so'rovida qatnashgan korxonalarning narx bo'yicha kutilmalari ketma-ket ikkinchi oy o'zgarishsiz qolib, yuqori darajada saqlandi. Narxlar bo'yicha eng yuqori kutilmalar qishloq xo'jaligi va qurilish sohasida saqlanib qoldi.
Hisob-kitoblarga ko'ra, tadbirkorlarning 26 foizi yaqin 3 oy ichida o'z tovarlari/xizmatlari narxi oshishini kutmoqda.
Umuman olganda, joriy holat ko'rsatkichlari va kutilayotgan kutilmalar o'rtasidagi bog'liqlik kelgusi 3 oyda ham iqtisodiyot rivojlanishidagi ijobiy tendentsiya davom etishini bildiradi.