Eslatib oʻtamiz, Masdar tomonidan Oʻzbekistonda birinchi 100 MVt quyosh elektr stansiyasini qurish boʻyicha loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirilib, u 2021-yil avgust oyida Navoiy viloyatida tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.
Uchrashuv chogʻida tomonlar oʻzaro hamkorlik kun tartibidagi dolzarb masalalarni, jumladan, Oʻzbekistonda energetika sohasidagi yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Muhammad al-Ramahining maʼlum qilishicha, Masdar 2022-yil avgust oyida Navoiy viloyatida 500 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasi, dekabr oyida esa Surxondaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida umumiy quvvati 897 MVt teng boʻlgan quyosh elektr stansiyalari qurilishini boshlashni rejalashtirgan, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.
Ushbu loyihalarning amalga oshirilishi Oʻzbekistonga quyosh va shamol quvvatidan olinadigan elektr energiyasi miqdorini 8 GVtgacha yetkazish va 2026-yilga kelib mamlakatning umumiy energiya balansida muqobil energiya manbalari ulushini 25 foizga yetkazish maqsadlariga erishishga yordam beradi, bu esa Oʻzbekistonning gaz va koʻmirga boʻlgan energiya qaramligini kamaytiradi.