Mashhur futbolchi dunyodagi eng qimmat avtomashinani sotib oldi

    Turkiyaning “Galatasaroy” klubi hujumchisi Mauro Ikardi dunyodagi eng qimmat avtomobilni sotib oldi.

    Manbaga ko'ra, argentinalik futbolchi hozirda uch nusxada chiqarilgan Rolls-Royce avtomobilini xarid qilgan. Avtomashinaning narxi 26 million yevroga baholanmoqda. Qayd etilishicha, yana bir avtomashinani Jay-Z va Beyonce sotib olgan.

    Ikardi “Galatasaroy”ga 2023-yilning yozida kelib qo'shilgan edi. U jamoa tarkibida Turkiya chempioni bo'ldi. “PSJ” bilan birgalikda futbolchi ikki marta Fransiya chempionligini qo'lga kiritgan, deb xabar beradi lenta.ru.