Mashhur o'zbekistonlik sartarosh Shuhrat Ismatillaev o'n soatda 100 kishining sochini olishni maqsad qildi.

Agar usta muvaffaqiyatga erishsa, Ginnesning rekordlar kitobiga kiradi.
 
Shuhrat Ismatillaev 28 yoshda. Professional doiralarda u sartaroshlik bo'yicha xalqaro chempionatlarning g'olibi sifatida tanilgan.
 
Usta ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirgan videolari tufayli shuhrat qozondi. Ularda Ismatillaev odamlarni noodatiy joylarda – masalan, Namangan shahrida ko'chada soch kesadi.
 
Sputnik O'zbekiston muxbiri bilan suhbatda Shuhrat Ismatillaev o'z faoliyatini Yangiyo'l tumanidagi go'zallik salonlaridan birida boshlaganini aytdi. Bir yil o'tgach esa u kasb mahoratini oshirish uchun Sankt-Peterburgga boradi. Ismatillaev 2018 yilning oxirigacha Rossiyada yashab, mehnat qildi.
 
Rossiyalik ustalaridan dars olib, u o'zining birinchi xalqaro g'alabalarini qo'lga kirita boshladi. Hozir SHuhrat o'zi shogirt tayyorlamoqda.
 
"Men bu haqda uzoq o'yladim va Ginnes rekordini o'rnatishga qaror qildim - o'n soat ichida 100 kishini sochini olish. Men yaqinlarim, vatanim men bilan faxrlanishini xohlayman", - dedi u.
 
O'zbekiston sartaroshlar uyushmasidan ma'lum qilishicha, tadbir O'zbekiston Turizm va sport vazirligi ko'magida 13 noyabr kuni Toshkent shahrida bo'lib o'tadi.