Arizada 2019 yil 9 dekabr` kuni “Avtohamkor 0 foiz” MCHJdan muddatli to'lov asosida 5 oy muddatda “Nexia-3 Ak” olish maqsadida 7 million 519 ming so'm miqdorida boshlang'ich to'lovni amalga oshirgani aytilgan. Lekin karantin sababli mashina o'z vaqtida etib bormagan, oradan bir yarim yil o'tishiga qaramay bir necha marotaba MCHJga murojaat qilgan bo'lsada, hech qanday o'zgarish bo'lmagan.
Mazkur murojaat Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan o'rganilib, “Avtohamkor 0 foiz” MCHJ tomonidan iste'molchiga 7 million 519 ming so'm mablag' qaytarilishiga erishildi.
Shunga o'xshash yana bir holatda ham Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati fuqaroga ko'mak berdi.
Namangan viloyati Yangiqo'rg'on tumanida yashovchi fuqaro S.E. Namangan shahrida joylashgan “Texnopark” savdo majmuasidan 3 million 724 ming so'm evaziga “Noutbook” (Laptop) sotib olgan. Oradan hech qancha vaqt o'tmasdan unda turli nuqsonlar borligi ma'lum bo'lgan. Bu borada savdo markaziga bir necha marotaba murojaat etishiga qaramay, turli bahonalar bilan uni almashtirib berishdan bosh tortgan.
Murojaat o'rganilishi natijasida, nuqsonli tovar tadbirkor tomonidan sifatli ta'mirlab berilishiga erishildi.