“Yagona darcha” tamoyili asosida transportingizdan tushmasdan turib, quyidagi davlat xizmatlaridan foydalaning:

- bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotlariga elektron navbatga qoʻyish;

- pensiya haqida maʼlumotnoma olish;

- elektr, gaz va ichimlik suvi hisoblagichlarini plombalash va boshqa xizmatlardan foydalanish uchun arizalarni toʻldirishga va tayyor hujjatlarni binoga kirmasdan olish imkoniyatiga ega boʻlasiz.

Namangan shahar Davlat xizmatlari markazi binosining orqa tomonida joylashgan avtoturargoh hududida joriy qilingan mazkur qulaylik fuqarolarga xizmatdan tez, oson va navbatsiz foydalanish imkoniyatini beradi. Qolaversa, imkoniyati cheklangan, nogironligi bor va keksa yoshdagi fuqarolarga esa yaqindan koʻmaklashiladi.

Bu xizmat turi haftaning dushanba, chorshanba hamda juma kunlari koʻrsatiladi.

Foziljon JOʻRABOYEV,

Davlat xizmatlari agentligi Namangan viloyat boshqarmasi

axborot xizmati rahbari