Tekshiruv natijalariga koʻra, Chilonzor yoʻnalishida “Buyuk ipak yoʻli” — “5-bekat” yoʻnalishi boʻyicha harakatlanayotgan poyezd mashinisti “Milliy bogʻ” va «Novza» bekatlari oraligʻida salbiy vaziyatni oldini olish maqsadida favqulodda toʻxtashni amalga oshirdi, deya xabar qiladi “Toshkent metropoliteni” UK.
Uning soʻzlariga koʻra, poyezd harakatlanayotgan paytda oldindagi yoʻlda kontakt relslarni quvvatlovchi tokopriyomnikda uchqun chiqayotganini koʻrib qolgan. Koʻrsatma (instruksiya) talablariga binoan, mashinist poyezdning harakatini toʻxtatishga qaror qildi, chunki ushbu vaziyatda harakatni davom ettirish mumkin emas. Mashinist bu haqda tezkorlik bilan dispetcherga xabar berdi, yoʻnalishdagi harakat tarkiblarni elektr taʼminotdan uzildi va shundan soʻnggina barcha yoʻlovchilar poyezddan «Novza» bekatigacha evakuatsiya qilindi.
Eslatib oʻtamiz, bu hodisa kecha, 17:50 atrofida sodir boʻldi. Chilonzor yoʻnalishidagi poyezdlar cheklangan rejimida harakatlangan, yaʼni alohida tunnel uchastkalarida bitta yoʻnalish boʻylab. Shu kunning oʻzida barcha nosozliklar bartaraf etildi va bugundan barcha poyezdlar belgilangan harakat jadvaliga muvofiq harakatlana boshladi.
Mashinist tokopriyomnikda uchqun chiqayotganini koʻrib, poyezdni favqulodda toʻxtatgan
“Toshkent metropoliteni” UK kuni kecha poyezd toʻxtashi sabablarining tekshiruvi natijalarini eʼlon qildi.
2027-yilda qaysi mahallalardagi hujjatsiz uy-joylar xatlovdan oʻtkaziladi?
- Mudofaa vaziri etib tayinlangan Botir Qudratxo‘jayevni kuzatish marosimi o‘tkazildi
- Oʻzbekiston Prezidenti “Lukoyl” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarning borishi bilan tanishdi
- Oʻzbekistonda Xitoy Xalq Respublikasining Lyaoning pedagogika universiteti filiali tashkil etiladi.
- Pensiya islohotlari: fuqarolar oʻz kelajagidan xavotir olmasligi lozim
- Terma jamoamiz FIFA reytingida bir pog‘ona yuqoriladi