Masjidning portlashi 4 kishining umriga zomin bo'ldi...

    Tashvishli xabar 13 Iyun 2020 1455

    Afg'oniston IIV Kobulning g'arbiy qismida juma namozi paytida masjidda bo'lgan portlash tufayli kamida to'rt kishi halok bo'lgani va sakkiz kishi jarohat olgani haqida xabar berdi.

    Xabarga ko'ra, "Tolibon" rahbari halok bo'ldi va ko'plab odamlar yaralangan.

    "SHer SHoh Suri" masjidiga joylashtirilgan portlovchi moddalar juma namozi paytida portladi", — deyiladi vazirlik bayonotida. Halok bo'lganlar orasida masjid imomi Azizulloh Muflih ham bor.

    Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibining so'zlariga qaraganda, portlagan hududni politsiya o'rab olgan va yaradorlarni tez yordam mashinalarida yaqin kasalxonalarga etkazishga ko'maklashgan.

    SHu oyning boshida masjidga qilingan hujumni shtab-kvartirasi Afg'oniston sharqidagi Nangarhar viloyatida joylashgan ISHID guruhi qilgani aniqlangan.

    «Tolibon» hujumda qo'li bo'lmaganini e'lon qildi.

    Ijtimoiy tarmoqlarda yozilgan xabarda, guruh vakili Zabihulla Mujohid, tinchlik muzokaralari olg'a siljigan paytda, hujum "dushman" tomonidan uyushtirilgan fitnaning bir qismi bo'lganini aytdi.

    Afg'oniston hukumati ushbu hujumni "g'ayriinsoniy" va "islomiy tamoyillarga zid" deb atadi.