Murojaatga ko'ra, partiya “Amerika” partiyasi (America Party, AMEP) deb nomlanadi. Ariza 6-iyulda yuborilgan. Hozirda u AQSh Federal saylov komissiyasi arizalar va petitsiyalar reestrida “ishlov berilmagan” ro'yxatiga kiritilgan.

5-iyul kuni Mask Xdagi ovoz berish natijalariga ko'ra siyosiy partiya tuzishini ma'lum qildi. Tadbirkor partiyani yaratish maqsadini “erkinlikning qaytishi” deb e'lon qildi. Ovoz berishda 1,2 milliondan ortiq ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ishtirok etdi. Ularning 65,4 foizi yangi partiya tuzishni yoqlab ovoz berdi, deb xabar beradi tass.ru.