Mask Apple va OpenAIga qarshi sudga da'vo kiritdi

    Mask Apple va OpenAIga qarshi sudga murojaat qilib, ularni monopoliyada aybladi.

    Amerikalik tadbirkor va milliarder Ilon Mask dushanba kuni Apple va ChatGPT chatbot ishlab chiqaruvchisi OpenAIga qarshi sudga murojaat qilib, ularni monopoliyani saqlab qolish va sun'iy intellekt sohasidagi raqobatchilarga qarshi kurashish uchun bozorlarni to'sib qo'yganlikda aybladi, deyiladi ayblov xulosasida.

    Mask 12-avgust kuni Apple kompaniyasi su'iy intellekt bozorida OpenAIdan tashqari boshqa firmalarga App Store reytingida birinchi o'ringa chiqishiga to'sqinlik qilayotganini va buni “monopoliyaga qarshi qonunbuzarlik” ekanini aytdi va shuningdek, uning xAI sun'iy intellekt kompaniyasi sudga murojaat qilishiga va'da berdi.

    “Ikki monopolist insoniyat tomonidan yaratilgan eng kuchli texnologiya: sun'iy intellekt tufayli tez rivojlanayotgan dunyoda doimiy hukmronligini ta'minlash uchun kuchlarini birlashtirdi. Ayblanuvchilar Apple va OpenAI birgalikda ishlagan holda o'zlarining monopoliyalarini saqlab qolish va X va xAI kabi innovatorlar raqobatini oldini olish uchun bozorlarni qulflab qo'yishdi, deyiladi sudga kiritilgan da'voda.

    Ayblov xulosasida ta'kidlanishicha, da'vo nafaqat texnologik kompaniyalarning raqobatga zid xatti-harakatlarini to'xtatish, balki “milliardlab dollar tovon to'lash”ni ham ko'zlaydi.

    xAI 2023-yil noyabr oyida taqdim etilgan Grok sun'iy intellektini ishlab chiqmoqda. 2024-yil mart oyida xAI Grokning manba kodini ochdi.

    OpenAIning ChatGPT chatboti 2022-yil noyabr oyi oxirida ishga tushirilganidan beri mashhurlikka erishdi va bir haftadan kamroq vaqt ichida o'zining birinchi million foydalanuvchisiga ega bo'ldi. Mask 2015-yilda tashkilot hammuassislaridan biri bo'lgan, biroq keyinchalik startap bilan aloqalarini uzgan, deb xabar berdi ria.ru.