Forumda axborot texnologiyalari, kimyo sanoati, transport-logistika, toʻqimachilik, avtomobilsozlik, neft-gaz sanoati, qishloq xoʻjaligi, sayyohlik kabi eng muhim yoʻnalishlardan 150 dan ortiq ishbilarmonlar qatnashdi.
Bu har ikki tomonning hamkorlikni rivojlantirishga intilayotganidan darak berishi taʼkidlandi. Forum Oʻzbekiston va Oʻmon oʻrtasidagi iqtisodiy sheriklikni kengaytirishga hissa qoʻshishiga ishonch bildirildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.